Toshkentdagi yana bir ko‘cha vaqtincha yopildi
Jamiyat
−
20 may
2118Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘cha qurilish-montaj ishlari sababli vaqtincha yopildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanida olib boriladigan qurilish-montaj ishlari sababli Ziyolilar ko‘chasining Do‘rmon yo‘li ko‘chasi kesishmasidan Qalandar ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan bir tomonlama yo‘nalish qismi bugun, 20 may soat 14:00 dan ertaga 21 may soat 09:00 gacha barcha transport vositalari harakati uchun yopilgan.
Ko‘rsatilgan davr mobaynida muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida “Talabalar festivali” o‘tkazilishi munosabati bilan Olmazor tumanining Farobiy ko‘chasi Universitet ko‘chasi kesishmasidan Talabalar ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan yo‘l vaqtinchlalik yopilishi xabar qilingandi.
LiveBarchasi