Toshkentdagi “Versal” restorani sotildi
Jamiyat
−
15 iyun 2020 19074 1 daqiqa
Avvalroq, Toshkent shahridagi "Versal" restorani sotuvga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik. Restoranni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi auksionga qo‘ygandi.
Bugun, 15 iyun kuni Toshkent shahridagi "Versal" restorani binosi 35 mlrd so‘mdan qimmatroqqa sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, restoran binosi 35,33 mlrd so‘mga sotilgan. “DIAMOND DRINKS CO” MCHJga sotildi.
Auksion 2020 yilning 15 iyun kuni o‘tkazildi. Baholangan narxi - 34 641 811 737,00, zakalat puli miqdori (5 foiz) - 1 732 090 586,85.
Restoran umumiy maydoni 0,3357 gektarni egallagan, shu jumladan qurilish maydoni (kv.m) - 6585. Faoliyat turi - to‘yxona, restoran, xizmat ko‘rsatish. Ushbu xizmat ko‘rsatish ob’ekti O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga qarashli edi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr