Toshkentdagi uyni 2 nafar ayol tunab ketdi
3-sahifa
−
23 dekabr 2022
11405Toshkentda 2 nafar ayol birovning uyidan 90 ming AQSH dollarlik taqinchoqlar va 7 ming AQSH dollarlik pulni o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning dekabr oyida Shayxontohur tumani Ichki ishlar organlarini faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga 41 yoshli F.N. uyidan pul va zargarlik buyumlari yo‘qolganligi haqida ariza bilan murojaat qilgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan, 32 yoshli M.A. va 34 yoshli M.K. aniqlanib, qo‘lga olingan. Ular uy egalarining yo‘qligidan foydalanib, uy xonalaridan birining eshigini kalit tanlash yo‘li bilan ochib, ichida 7000 AQSH dollari va jami 90 000 AQSH dollariga teng tilla taqinchoqlari bo‘lgan seyfni o‘g‘irlab ketishganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi