Toshkentdagi uylardan birida ayol kishining murdasi topildi
3-sahifa
−
21 fevral 2022
21830Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi uylardan birida yolg‘iz o‘zi yashovchi yashovchi 56 yoshli rus millatiga mansub ayolning murdasi tan jarohatlari bilan qonga belangan va boshiga sellofan paket kiydirib ketilgan holda topildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ayblanuvchi bundan 19 yil oldin, 2003 yilda o‘zi tomonidan sodir etilgan o‘ta og‘ir turdagi jinoyatni yashirish maqsadida xonadonda mavjud gaz plitasining barcha jo‘mraklarini ochiq qoldirib, hodisa joyidan yashiringan. Hodisa joyidan olingan qo‘l-barmoq izlari 1968 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan shaxs tomonidan qoldirilgani aniqlangan.
“Qo‘limga nima ilindi, bilmayman, kayfim bor edi. O‘zimni asabim buzilganidanmi-yo‘qmi bilmayman, boshiga urdim. Nechi marta urganim esimda yo‘q”, deydi ayblanuvchi.
Ma’lum bo‘lishicha, 1947 yilda tug‘ilgan rus millatiga mansub ayol bilan tanishib, pul mablag‘lari evaziga uning uyida fohisha ayollar bilan uchrashib, yurgan.
“Ushbu shaxsning so‘nggi taqdirini endi sud hal qiladi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi