Toshkentdagi uylardan biri yarim tunda yonib ketdi

3-sahifa

image

Kecha, 6 iyun kuni Toshkent shahrida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, soat 23:48 da Bektemir tumanining “Iqbol” MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida – 11-qavatda joylashgan xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida boshqarmaga xabar kelib tushgan. 

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 23:53 da yetib borib, yong‘in soat 00:22 da o‘chirilgan.

Aytilgan manzilda ko‘p qavatli uyning 11-qavatida joylashgan xonadonda uy jihozlari yonib zararlangani aniqlangan.

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 6 iyun kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi mebel tayyorlash sexida yong‘in yuz bergandi. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 08:07 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 08:42 da qurshab olingan va naq 2,5 soatda – soat 10:23 da o‘chirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing