Toshkentdagi uylar devorida giyohvand moddalar reklamasini qoldirganlar aniqlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda turar joylar devorlarida giyohvandlik vositalari reklamasi yozuvlari paydo bo‘layotgani haqida xabar tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan izoh berdi

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida Mirzo-Ulug‘bek tumani Bo‘z mahallasidagi bir nechta uy devorlarida yozuvlar paydo bo‘lgani aniqlangan. Aholi orasida o‘tkazilgan so‘rov natijasida yozuvlar 5-6 kun oldin paydo bo‘lgani ma’lum qilingan.

Tekshiruv natijasida mazkur yozuvlarni qoldirgan fuqarolar – 18 yoshli B.I. va 21 yoshli I.V. ekani aniqlangan.

Suhbat davomida B.I. joriy yilning mart oyida obuna bo‘lgan Telagram kanalda ish haqida e’lon chiqqanini ma’lum qildi. B.I. noma’lum shaxs bilan telefon orqali bog‘lanib, undan haq evaziga uylarning devorlarida qoldirish kerak bo‘lgan yozuv matnini olgan. 

Shundan so‘ng B.I. tanishi I.V. bilan linoleumdan e’lon matnini qirqib, bo‘yoq ballonchasi yordamida uylarning devorlarida yozuv qoldirgan.

Mazkur fakt bo‘yicha tekshiruv ishlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

316

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing