Toshkentdagi uyda yotoqda sigaret chekish oqibatida yong‘in chiqdi. Bir kishi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
31 Oktabr
4368Toshkent shahrida erkak yotoq joyida tamaki mahsulotini chekishi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi va bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Bugun, 31 oktyabr kuni soat 02:13 da Toshkent shahar Olmazor tumani “Chinobod” MFY Sag‘bon 30-berk ko‘chasida joylashgan 5-uydagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘in qisqa vaqt ichida bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida xonadonning taxminan 10 kv metr maydonda ichki qismi yonib zararlangani va xonadonda yashovchi 1950 yilda tug‘ilgan fuqaro halok bo‘lgani aniqlangan.
Oila a’zolarining so‘zlariga ko‘ra, 1950 yilda tug‘ilgan fuqaro insult kasalligiga uchragani va shu sababli harakatlana olmagani uchun oxirgi yillari oila a’zolari nazoratida yotoq holatida bo‘lgan.
Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida halok bo‘lgan fuqaro, yotoq joyida tamaki mahsulotini chekish oqibatida yong‘in sodir bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Hozirgi vaqtda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdorini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 29 oktyabr kuni Samarqand viloyatining Samarqand tumanidagi savdo do‘konlaridan birida katta yong‘in sodir bo‘lgandi. Yong‘in oqibatida savdo do‘konining shift, tom qismi va kiyim-kechak mahsulotlari yonib zararlangan.