Toshkentdagi “Uchtepa Outlet Centre” savdo majmuasi yonib ketdi
3-sahifa
−
11 Oktabr 2020 14740 1 daqiqa
Bugun, 11 oktyabr kuni erta tongda poytaxt Toshkentning Uchtepa tumani, Farhod kuchasida joylashgan "Uchtepa Outlet Centre" savdo majmuasida yong‘in chiqdi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Yong‘in soat 8:49 da kelib chiqqan. Yong‘in natijasida majmuaning ichki va tom qismi 1500 kv metr maydonida. Yong‘in-qutqaruv jangovar bo‘linmalari manzilga soat 08:54 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 09:54 da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in joyiga 10 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.
Yong‘in sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr