Toshkentdagi tunuka bilan o‘ralgan maktab hududi avvalgi holiga qaytarildi
Jamiyat
−
20:53 1335 1 daqiqa
Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 271-maktab hududida o‘rganish o‘tkazildi. Natijada tunuka bilan o‘ralgan yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi.
Joriy yilning 31 iyul kuni Yunusobod tumanida bolalar maydonchalari va sport o‘yingohlari hududlaridagi qurilish holatlari o‘rganilgan. Xususan, Amir Temur Shoh ko‘chasi, 41-uy manzilida joylashgan 271-sonli maktab hududidagi ob’ekt ko‘zdan kechirilgan.

O‘rganishlar davomida maktab hududidagi yer uchastkasi hamda bino-inshootlar amaldagi hujjatlar asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani, hududda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni yoki noqonuniy qurilmalar mavjud emasligi aniqlandi.

Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik bitimi va ijara shartnomasi asosida “ASIAN SCHOOL” MCHJga 4 ming kvadrat metr yer maydoni ijaraga berilgani ma’lum bo‘lgan.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, tunuka bilan o‘ralgan hudud demontaj qilinib, yer uchastkasi avvalgi holatiga qaytarilgan.
Live
Barchasi