Toshkentdagi tumanlarning biriga yangi IIB boshlig‘i tayinlandi

Jamiyat

image

Farrux Ubaydullayevich Haydarov Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
 
Farrux Haydarov 1983 yilda Qozog‘iston Respublikasida tavallud topgan. 2004 yilda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasini tamomlagan. 

U bugunga qadar Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Uchtepa tuman IIBga yangi boshliq tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

180

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing