Toshkentdagi tug‘uruqxonada egizak chaqaloqlar vafot etdi
3-sahifa
−
04 avgust 2023
11770Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida yashovchi ayolning 6-sonli tug‘uruqxona akusher-ginekologining ehtiyotsizligi sababli, egizak farzandlari vafot etgani haqida xabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi rasmiy munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 22 iyun kuni 26 yoshli ayol D.Sh. 26 haftalik, muddatidan oldin egizak chaqaloqlarni dunyoga keltirgan.
Ish hujjatlariga ko‘ra, 2023 yil 23 iyun kunida Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan shahar 6-sonli tug‘ruq kompleksida 26 yoshli ayol D.Sh.ning egizak qiz farzandlari vafot etgan.
Shuningdek, xabarda hozirda ushbu holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv davom etayotgani ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, Navoiy viloyatidagi Xatirchi tuman tibbiyot birlashmasida ayol tug‘uruqdan so‘ng vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi