Toshkentdagi Temur Malik ko‘chasida harakat qisman tiklandi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent shahridagi Temur Malik va Buyuk Ipak yo‘li ko‘chalari kesishmasi atrofidagi yangi tunnel yo‘lida tirgak devorning bir qismi qisman o‘pirilib tushishi ortidan ushbu yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgandi. Mirzo Ulug‘bek tumani Temur Malik ko‘chasining Sultoniya ko‘chasi bilan kesishmasidan boshlab, Temur Malik ko‘chasi bo‘ylab Mirzo Ulug‘bek ko‘chasiga olib chiquvchi yo‘nalishda avtoulovlar harakati qisman tiklandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, harakatlanish tartibi quyidagicha:

  • Temur Malik ko‘chasida Sultoniya ko‘chasidan harakatlanganda, qarama-qarshi yo‘nalish orqali Mirzo Ulug‘bek ko‘chasiga chiqish mumkin (tezlik cheklovi — 30 km/soat).
  • Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidan Temur Malik ko‘chasi bo‘ylab Sultoniya ko‘chasiga harakatlanishga ruxsat etilgan (tezlik cheklovi — 30 km/soat).

Haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etish so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, yo‘l o‘pirilishiga sabab sifatida dastlabki taxminlar qatorida so‘nggi kunlardagi kuchli yog‘ingarchilik ta’siri, jumladan, tuproqning haddan tashqari namlanishi va konstruksiyaga tushadigan yuklamaning ortishi kabi omillar ko‘rib chiqilmoqda. Shu bilan birga, loyihaviy yechimlar, qurilish-montaj ishlari sifati, drenaj tizimining holati, qurilish nazorati hamda ob’ektni qabul qilib olish tartibi kabi barcha tegishli holatlar ham tekshirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Mirzo Ulug'bek Temur Malik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing