Toshkentdagi Taras Shevchenko ko‘chasining bir qismi bir oyga yopiladi
Jamiyat
−
25 noyabr
1296Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasining bir qismi bir oyga transport harakati uchun yopiladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Mirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasida 24/7 rejimda faoliyat yurituvchi ko‘ngilochar (gastronomik) ko‘chani tashkil etish bo‘yicha ishlarning ikkinchi qismi davom etmoqda. Ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 27 noyabrdan Taras Shevchenko ko‘chasining (94-umumta’lim maktabidan) Said Baraka ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan 200 metr qismi joriy yilning 25 dekabr sanasiga barcha turdagi transport harakati uchun yopiladi.
Shuningdek, haydovchilarga vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi Furqat va Beshyog‘och ko‘chalarida avtomobillar harakati vaqtincha cheklangandi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi