Toshkentdagi Shota Rustaveli haykali nega olib tashlanayotgani aytildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida joylashgan Shota Rustaveli haykali buzib tashlanganayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar madaniy meros boshqarmasi Matbuot xizmati izoh berdi.

Qayd etilishicha, “Shota Rustaveli” Monumental san’at yodgorligi XX asrga oid bo‘lib, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan. 

Hozirda ushbu ko‘cha obodonlashtirilmoqda. Madaniy meros agentligining Ilmiy ekspert kengashi tomonidan loyihaga ruxsat berilgan. Unga asosan haykalni asli saqlangan holda, salobatini yo‘qotmaslik maqsadida 50 smga balandroq ko‘tarish uchun vaqtinchalikka olinmoqda.

Avvalroq, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Shota Rustaveli haykali atrofidagi xiyobonning rekonstruksiya qilinishini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shota Rustaveli haykali

Baholaganlar

568

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar