Toshkentdagi shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdlari yagona tarifga o‘tadi

Jamiyat

image

Joriy yilning 20 martidan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyati shaharlararo yo‘lovchi poyezdlari yagona tarif (faqat bir zona)ga o‘tkaziladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati xabar berdi.

2024 yilning 20 mart sanasidan shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar yo‘nalishlariga yagona tarif (faqat bir zona)ga o‘tkaziladi. Bunda yo‘lovchilar avvalgidek har bir zona uchun alohida narxda emas, balki yo‘nalishga qarab, zonalarga bo‘linmagan holatda to‘lovni amalga oshiradi. 

Masalan, endilikda "Toshkent — Bekobod — Toshkent" yo‘nalishi yagona tarif narxi 12 000 so‘m, "Toshkent — Xojikent — Toshkent" yo‘nalishi 10 000 so‘m. Quyidagi jadval orqali tariflar bilan tanishishingiz mumkin.

Shuningdek, elektron tarzda (ATTO) to‘lov qilmoqchi bo‘lgan yo‘lovchilar naqd pulda amalga oshiriladigan to‘lovdan farqli ravishda 500 so‘mga kam to‘lashi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing