Toshkentdagi savdo majmuasiga o‘t ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 10 mart kuni Toshkent shahridagi savdo majmualarining birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Bildirilishicha, soat 01:20 da  Toshkent shahar Yunusobod tumani Matbuotchilar ko‘chasida joylashgan savdo majmualarining birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 01:24 da yetib borib, 11 daqiqada olovni o‘chirgan.

Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda yengil konstruksiyadan qurilgan oshxonada yong‘in chiqqandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in savdo majmuasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing