Toshkentdagi restoranda yong‘in chiqdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 7 sentyabr kuni soat 17:31 da Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Shahrisabz ko‘chasida joylashgan “Brasseriye” restoranida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda  Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 17:40 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 17:51 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida restoran oshxonasining taxminan 50 kv m maydonda tomi va shift qismi yonib zararlangan. Yong‘indan binoning 200 kv.m maydoni saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari qayd etilmagan. 

Hozirda yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

196

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing