Toshkentdagi poliklinikada erkak osilgan holda topildi
3-sahifa
−
02 dekabr
13290Bugun, 2 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi poliklinikalardan birida noma’lum erkak o‘zini daraxtga osib qo‘ygani tasvirlangan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Olmazor tumani Qoraqamish ko‘chasidagi poliklinikaning hovlisida sodir bo‘lgan. Erkak o‘zini daraxtlardan biriga osib qo‘ygan.
Ammo bu borada qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilmagan.
Prokuraturaga ko‘ra, ayni vaqtda tezkor-tergov guruhi voqea joyida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
“Natijasi bo‘yicha xabar beriladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda er xotinini o‘ldirib, so‘ng o‘zini osgandi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr