Toshkentdagi mudhish YTHning sababchisi qamoqqa olindi

Jamiyat

image

9 oktyabr kuni poytaxt Toshkentning Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan dahshatli YTHda ikki kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan BMW avtomobili haydovchisi omon qolgan va unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Haydovchi ushbu fojia qanday yuz bergani haqida televideniye orqali ko‘rsatma berdi.

“Uchinchi yo‘lakda ketayotgan edim. O‘rtada ketayotgan Gentra yo‘limga chiqdi. Men o‘rta yo‘lakka qochdim, keyin u yana joyiga qaytgisi kelib qoldi. Joyiga qaytayotganda meni siqib qo‘ydi, men tormozni bosdim, u yog‘ini bilmayman. Mashina suzib ketib qoldi, keyin tepaga chiqib ketdi. O‘zimga kelganimda mashina o‘t-oldirgichi hali o‘chmagan ekan, men mashinani o‘chirdim. Yo‘lovchi o‘rindig‘ida o‘tirgan akani ko‘rdim. Yaqinlaridan, oila a’zolaridan uzur so‘rayman. Men uydan, shu odamga — shunaqa qilaman deb chiqmaganman. Endi shu [vijdon — tahr.] azob bilan yashashni ayting. Hammalaridan meni kechirishlarini so‘rayman”, deydi u.

Lavhada qayd etilishicha, YTHda ishtirok etgan yana ikki avtomobilning haydovchilarga ziyon yetmagan.

Toshkent shahar IIBB katta tergovchisi Alimardon Iskandarovga ko‘ra, BMW haydovchisi hozirda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

“Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi A bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deydi ichki ishlar xodimi.

Eslatib o‘tamiz, 9 oktyabr kuni taxminan soat 20:30 larda Toshkent shahar Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi 79-uy qarshisida YTH yuz bergan. 

1981 yilda tug‘ilgan V.Sh. boshqaruvidagi davlat raqam belgisi 01 L 785 LB bo‘lgan Nexia-3, 1992 yilda tug‘ilgan R.M. boshqaruvidagi davlat raqam belgisi 10 M 666 PA BMW, 1992 yilda tug‘ilgan T.I. boshqaruvidagi  davlat raqam belgisi 01 Z 292 GB bo‘lgan Nexia-3, 1999 yilda tug‘ilgan B.A. boshqaruvidagi davlat raqam belgisi 30 E 701 UA bo‘lgan Lacetti rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida davlat raqam belgisi 01 Z 292 GB bo‘lgan Nexia-3 rusumli avtomashina haydovchisi va yo‘lovchisi olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

443

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing