Kurs UZS

USD

12 913.19

4

EUR

13 908.80

-26.67

RUB

154.17

0.87

Toshkentdagi “moyka”da yong‘in chiqdi

Jamiyat

image

Bugun, 21 fevral kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan avtomobillar yuvish joyida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 22:02 da Yashnobod tumani, Aviasozlar 4-dahasida joylashgan avtomobillar yuvish joyida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Yong‘in qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 22:14 da yetib borib, yong‘in soat  22:27 da qurshab olinib, soat 22:33 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar bo‘lmagan.

Qo‘shimcha qilinishicha, ayni vaqtda yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 20 fevral kuni soat 07:41 da Toshkent shahar Olmazor tumanida avtobusda yong‘in chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Yashnobod moyka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing