Toshkentdagi metan “zapravkada” haydovchilar mushtlashib ketdi (video)

Jamiyat

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda metan gaz quyish shoxobchasida haydovchilar navbat talashib, ular o‘rtasida janjal bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB ma’lumot berdi.

Bildirilishicha, mazkur holat kecha 26 fevral kuni Yuqori Chirchiq tumani hududida joylashgan metan gaz quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan.

"Holat Toshkent viloyati IIBB tomonidan nazoratga olinib, hududiy IIB tomonidan JKning 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda tergov-surushtiruv harakatlari olib borilmoqda", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona viloyatidagi gaz quyish shoxobchasida janjal ko‘targan shaxslar javobgarlikka tortilgandi.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent metan zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made