Toshkentdagi Islom Karimov haykali atrofi ochiq jamoat parkiga aylantiriladi (video)

Jamiyat

image

Joriy yilning iyul oyida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva poytaxtdagi istirohat bog‘larini ko‘zdan kechirgandi. Xususan, shahardagi bog‘lar holati o‘rganilib, u yerlarda aholi muntazam dam olishi uchun barcha zarur sharoitlarni tashkil etish rejalashtirilayotgani ma’lum qilingan edi.

Bugun, 5 avgust kuni poytaxtdagi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tutash 37 gektar maydondagi park hududini kompleks rivojlantirish va aholi uchun qulay jamoat makoniga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar boshlandi.

Asosiy vazifalar va loyihaning ustuvor yo‘nalishlari sifatida park hududini zamonaviy shaharsozlik talablariga va aholi ehtiyojlariga moslashtirish maqsadida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda:

  • Ochiqlik va qulaylik;
  • Ekologiya va yashil hudud;
  • Zamonaviy infrastruktura.

Qayd etilishicha, ushbu tashabbuslar poytaxtdagi ekologik vaziyatni yanada yaxshilash, aholi uchun qulay sharoit taqdim etish, markaziy ko‘chalar va ularga tutash hududlarda yashil maydonlar va bog‘larni kengaytirish maqsadida boshlangan keng ko‘lamli ishlarning bir qismi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing