Toshkentdagi mehmonxonadan murdasi topilgan jurnalistning sud ishi qachon bo‘ladi?
3-sahifa
−
19 may
38934O‘tgan yil oktyabr oyida “Lenta” nashri va “Profil” jurnalida faoliyat yuritgan rossiyalik jurnalist Inessa Papernaya Toshkent shahridagi Karaman Palace mehmonxonasida o‘lik holda topilgani xabar qilingandi. Ushbu ish bo‘yicha sud jarayoni kelasi haftada boshlanishi mumkin. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, marhuma jurnalistning o‘limi yuzasidan ochilgan jinoyat ishi doirasidagi sud majlisi keyingi haftada Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida boshlanishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, ushbu hodisa 2024 yilning 20 oktyabr kuni sodir bo‘lgan. O‘zbekistonga dam olish uchun kelgan Inessa Papernayaga o‘sha kuni pochta jo‘natmasi kelgan. Mehmonxona xodimlari eshikni taqillatsa ham hech kim javob bermagan, so‘ngra ular xonani ochishga qaror qilgan. Eshik ochilib, xonaga kirilganda ichkaridan ikki jasad – Papernaya hamda do‘stining jonsiz tanasi topilgan. Dastlabki taxminlarda marhumlarning ventilyatsiya tizimiga kirib qolgan gazdan zaharlangani aytilgandi.
Marhumlar Rossiya fuqarolari – 1979 yilda tug‘ilgan Radchenko Maksim va 1977 yilda tug‘ilgan Papernaya Inessa Viktorovnalar bo‘lib, dastlabki sud tibbiy tashxisiga ko‘ra, ular Mirobod tumanidagi mehmonxonada noma’lum etiologiyali zaharlanishdan vafot etgan.
Bundan tashqari, ushbu mehmonxonadagi boshqa xonaning yuvinish xonasidan O‘zbekiston fuqarosi 1976 yilda tug‘ilgan U.X.ning vafot etgani aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Asolat G‘ulomnazarova
LiveBarchasi