“Grand Mir” mehmonxonasi o‘rnida 30 qavatli bino qurishga ruxsat yo‘q – prokuratura
Jamiyat
−
02 Oktabr 2025 4587 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan Grand Mir mehmonxonasi o‘rnida 30 qavatli biznes markazi qurilishi haqida xabarlar tarqaldi. Bunday loyihas ko‘rib chiqilmagan va tasdiqlanmagan. Bu haqda Toshkent shahar prokuraturasining fuqaro tomonidan yo‘llangan murojaatiga javob xatida keltirilgan.
Qayd etilishicha, poytaxt prokuraturasiga fuqarolardan biri tomonidan Yakkasaroy tumanining Mirobod ko‘chasida joylashgan sobiq “Rossiya” mehmonxonasi (hozirgi Grand Mir Hotel) o‘rnida ko‘p qavatli bino barpo etilishi yuzasidan murojaat borib tushgan. Ko‘rib chiqish jarayonida shahar prokuraturasi tomonidan Toshkent shahar Bosh qurilish boshqarmasiga murojaatda ko‘rsatilgan ma’lumotlar yuzasidan so‘rov yuborilgan. Boshqarma tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mehmonxona hududida qurilish uchun Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish va loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi ariza Arxitektura-shaharsozlik kengashi ishchi komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilmagan.

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 24 dekabrdagi “Toshkent shahrining 2045 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 880-sonli qaroriga asosan yuqoridagi manzilda qurilish uchun ruxsat etilgan balandlik 5 qavatni tashkil etadi.
Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha javob arizachiga yuborilgan.
Live
Barchasi