Toshkentdagi MDXMI bitiruvchilari forumidan fotoreportaj
Bu qiziq
−
19 may 2019
4730Bugun, 19 may kuni Toshkentdagi Simpoziumlar saroyida Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MDXMI) bitiruvchilarining V xalqaro forumi o‘tkazilyapti.
Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulazi Komilov, Rossiya madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy, Rossiya Federatsiyasi Kengashi raisi o‘rinbosari Ilyas Umaxanov, MDXMIning Vasiylik kengashi a’zosi Fattoh Shodiyev ishtirok etdi.
Forumda siyosatchilar, amaldorlar, Rossiya va mahalliy OAV vakillari ishtirok etyapti.
Bulardan tashqari, tadbirda 32 mamlakatdan 450 nafar delegat qatnashmoqda.
Forum ochilish marosimidan so‘ng, tadbir ishtirokchilari, ko‘ngilli yordamchilar (volontyor), OAV vakillari asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Fattoh Shodiyev bilan suhbatlashdi va albatta suratga tushdi.
LiveBarchasi