Toshkentdagi “Grant somsa” oshxonasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 11 sentyabr kuni Toshkentning Yunusobod tumanidagi somsaxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 14:36da Bodomzor ko‘chasida joylashgan “Grant somsa” oshxonasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshket shahar FVBning 6 ta yong‘in-o‘chirish ekipaji soat 14:39 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 15:02 da o‘rab olinib, soat 15:19 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida oshxonaning taxminan 150 kv.m. maydonda tom va shift qismi yonib zararlangan. 

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

198

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing