Toshkentdagi maktablarning biridan chayon chiqqaniga izoh berildi
Jamiyat
−
09 Oktabr 2023
8361Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 260-maktabdagi sinfxonalardan birida chayon topilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan poytaxt Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Joriy yilning 6 oktyabr kuni 260-maktabda taxminan soat 10:20 larda yuqori sinf o‘quvchilari sinfxonada emas, koridorda jonsiz chayon topib, videotasvirga olgan va ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan.
O‘rganishlar chog‘ida aniqlanishicha, maktabning 9-sinf o‘quvchisi R.A. o‘zi bilan qog‘oz qutida maktabga jonsiz chayon olib kelgan va maktabdoshlariga hazillashish maqsadida chayonni koridorda qoldirgan. Bu xatti-harakati uchun o‘quvchi R.A. bilan tushuntirish ishlari olib borilgan. Shuningdek, bunday hol qayta takrorlanmasligi uchun maktab o‘quvchilari bilan IIB inspektor-psixologi ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
“Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, 2023 yil 7 oktyabr kuni Yunusobod tumani Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mutaxassislari jalb etilib, maktab oshxonasi, sport zali, koridorlar hamda sinfxonalarida turli hasharotlarga qarshi dezinfeksiya va dezinseksiya ishlari amalga oshirildi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi