Toshkentdagi maktabda o‘quvchilarga “pioner” galstugi taqdirildimi? XTV izoh berdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 283-sonli maktab o‘quvchilariga qizil galstuk taqdirilgani turli xil muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ba’zilar bu holatni “pioner galstugi”ning o‘zbek maktablariga qaytishi ham deb atadi.

Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, maktab ma’muriyati maktabning bugungi ochilish marosimiga ota-onalar bilan kelishilgan holda boshlang‘ich sinflarga erkaklar galstukining qizil rangini, katta sinflarga ko‘k rangini taqish tanlangan. 

Qolgan kunlari maktab galstuk taqishni talab qilmagan, oq ko‘ylak, to‘q ko‘k shimda kelishi zarurligi aytilgan. 

“Mazkur masalani siyosiy tus bermaslikni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2112

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing