Toshkentdagi mahallalardan badbo‘y hid kelishi muammosining yechimi topildi

Jamiyat

image

Toshkentning “O‘zgarish” va “No‘g‘oyqo‘rg‘on” mahallalari aholisini qiynab kelayotgan yoqimsiz hid muammosi “Salar” atrofidagi korxonalarga bog‘liq ekani aniqlandi. Hozirda ularning barchasining faoliyati to‘xtatilgan. 

“O‘zsuvta’minot”ning xabar berishicha, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat nazorati xizmati, ekologlar, boshqa turli soha mutaxassislaridan tashkil topgan ishchi guruh o‘z faoliyatini uch yo‘nalishda olib bormoqda. Birinchi yo‘nalishda “Salar” oqava suvlarni tozalash inshootining ish faoliyati to‘liq o‘rganilib, uskunalar, texnik va texnologik holat tahlil etilmoqda.

Ikkinchi yo‘nalishda “O‘zgarish” va “No‘g‘oyqo‘rg‘on” mahallalari hududidagi korxonalar faoliyati va ularning “Salar” oqova suvlarni tozalash inshootiga chiqarayotgan tashlamalari atroflicha o‘rganilmoqda. Uchinchi yo‘nalishda Salar kanali ko‘zdan kechirilib, unga noqonuniy chiqindilar tashlash holati aniqlanmoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning 5 iyun kuni Toshkent shahar hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng, “Salar” oqova suvlarni tozalash inshooti atrofidagi barcha korxonalar faoliyati ma’lum muddatga to‘xtatilgan. Kuzatuvlarga ko‘ra, ular ishlamayotganda kechki payt inshootda hech qanday yoqimsiz hid sezilmagan.

Ayni paytda “Salar” inshooti atrofidagi barcha korxonalar faoliyati to‘xtatildi va ishchi guruh hamma ob’ektlar, jumladan, inshoot faoliyatini atroflicha o‘rganmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq holat Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi tomonidan nazoratga olinib, dastlabki o‘rganish ishlari olib borilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

220

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing