Toshkentdagi ko‘prikda yuk mashinasi ag‘darildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi ko‘priklarning birida yuk mashinasi ag‘darilib ketgani haqida xabarlar tarqalgandi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati hodisa haqida ma’lumot berdi.

Aniqlik kiritilishicha, bugun, 20 sentyabr kuni taxminan soat 10:30 larda Yakkasaroy tumani KHAY ko‘chasidagi ko‘prik ustida haydovchi, 1975 yilda tug‘ilgan V.A. boshqaruvidagi HOWO ZZ3 rusumli yuk avtomobilida qurilish chiqindilarini ortib ketayotgan vaqtida ko‘prik ustida boshqaruvni yo‘qotib, ko‘prikning chetki qismiga ag‘darilgan.

Oqibatda haydovchi V.A. “chap qo‘l tirsak sohasi ezilib yirtilgan jarohati” bilan shifoxonaga olib borilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Bilol Norqobilov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

468

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing