Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi (video)
3-sahifa
−
09:21 2887 1 daqiqa
14 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 23:59 da tumanning Niyoziy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uydagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 00:04 da voqea joyiga yetib borgan va soat 00:37 da yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi Tashkent City hududida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi