Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda xonadon yonib ketdi
3-sahifa
−
05 may 8217 1 daqiqa
Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadon yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 5 may kuni soat 19:25 da Toshkent shahar Uchtepa tumani Chilonzor 31-dahasida joylashgan ko‘p qavatli uydagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 19:32 da yetib borib, yong‘in soat 19:48 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Qo‘shbegi ko‘chasidagi texnopark hududida joylashgan sintifon ishlab chiqarish sexida yong‘in ro‘y bergan edi. Oqibatda 2 kishi halok bo‘lgan, 5 kishi jarohatlangandi.
Live
Barchasi