Toshkentdagi ko‘chada bir erkakning jasadi topildi
3-sahifa
−
01 iyul
15281Bugun, 1 iyul kuni Toshkent shahridagi ko‘chalardan birida noma’lum erkakning jasadi tan jarohatlari bilan topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, soat 06:03 larda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga 102 maxsus raqami orqali tushgan xabarga ko‘ra, Bektemir tumani, Bektemir mahallasi, Oltintopgan ko‘chasi, 4-uy qarshisida gazon ustida noma’lum erkak kishining jasadi qonga belangan holda yotgan. Holatga aniqlik kiritish maqsadida voqea sodir bo‘lgan joyga tergov-tezkor guruhi va tuman rasmiylari yetib borgan.
O‘tkazilgan surishtiruv ishlari davomida jasad Samarqand shahrida doimiy ro‘yxatda turuvchi 1984 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli ekani aniqlangan. Dastlabki xulosaga ko‘ra, murdaning ikkala qo‘lining bilak qismlarida, bo‘yin qismida hamda chap oyog‘i son qismida kesilgan jarohatlari aniqlanib, ushbu tan-jarohatlarni o‘ziga o‘zi yetkazgan bo‘lishi mumkinligi ehtimoldan xoli emasligi to‘g‘risida ko‘rsatib o‘tilgan. Voqea joyida olib borilgan surishtiruv ishlari davomida jasad yotgan joydan 1 dona lezviya qon dog‘lari bilan topilib, rasmiylashtirib olingan.
Voqea sodir etilgan joy va atrofidagi videokuzatuv moslamalari o‘rganib chiqilgan. Shundan so‘ng, 2001 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, vaqtincha Bektemir tumanida yashovchi Nexia haydovchisi bilan olib borilgan suhbat davomida, marhum spirtli ichimlik iste’mol qilgani hamda o‘z joniga qasd qilmoqchi ekanini aytgani, so‘ng o‘ziga o‘zi lezviyada tan jarohati yetkazgani aytdi. Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, u avtomashina qon bo‘lgani sababli yo‘lovchini tushirib yuborgan.
Bildirilishicha, marhum to‘g‘risida uning yaqin aloqalari, yashash manzili va faoliyat turini aniqlash maqsadida tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.