Toshkentdagi ko‘cha vaqtincha yopildi

Jamiyat

image

Ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi yo‘l vaqtincha yopildi. Bu haqda Chilonzor tumani hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, issiqlik tarmoqlari quvurlarini yangisiga almashtirish  munosabati bilan Chilonzor tumanida Farhod ko‘chasi Shuhrat chorrahasidan Chilonzor metro bekati chorrahasiga qadar bugun, 18 avgustidan joriy yilning 30 avgustigacha 10 kun muddatga yulning qatnov qismi yopiladi.

 Yo‘lovchilar va haydovchilardan ehtiyotkor bo‘lish so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi Obihayot ko‘chasida issiq suv quvurlari almashtirilishi munosabati bilan transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Chilonzor Shuhrat chorrahasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing