Toshkentdagi xususiy bog‘chada 3 yoshli bolaning yuzi kuyib ketdi
Jamiyat
−
16 avgust 2022
21193Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi xususiy bog‘cha tarbiyaluvnisining yuz qismida "qizarib kuyish" alomatlari mavjudligi aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Maktabgacha ta’lim vazirligi izoh berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 10 avgust kuni Chilonzor tumani Do‘mbirobod mahallasida joylashgan xususiy bog‘cha tarbiyalanuvchisi, 2019 yilda tug‘ilgan M.A. ertalabki qabulda sog‘lom qabul qilingan.
Soat 11:00 - 12:00 atrofida bola tarbiyachi S.A. tomonidan nazoratsiz qoldirilgan. M.A. esa yordamchi tarbiyachining sumkasida bo‘lgan ayollarni ko‘zga surtuvchi bo‘yog‘ini o‘ynab o‘ng yuziga surtgan.
Ushbu holatni ko‘rgan tarbiyachi bolaning yuzini suyuq sovun va nam salfetka bilan tozalagan. Shundan so‘ng, M.A.ning yuzida qizarish yuzaga kelgan, kunduzgi uyqudan uyg‘onganda esa yuzidagi qizarish ko‘payib ketgan va holat haqida bolaning onasiga xabar berilgan.
Keyinchalik bola Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan hamda tibbiy yordam ko‘rsatilishi uchun xulosa berilgan. Shuningdek, bolaning onasi bilan holat yuzasidan suhbatlashilganda ushbu kuyish holati kosmetika vositasi orqali sodir bo‘lganiga ishonmasligini bildirgan.
Joriy yilning 11 avgust kuni bolaning olgan tan jarohatini aniqlash maqsadida, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Onaning murojaatiga asosan hozirgi vaqtda Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi