Toshkentdagi xonadondan qadimiy kitoblar topildi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida yangi sotib olingan uydan bir asrlik qadimiy kitoblar topildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi fuqaro tomonidan sotib olgan yangi uyda XIX asr oxiri XX asr boshlariga tegishli qadimiy kitoblar mavjud bo‘lgan. Mazkur qo‘lyozmalar Madaniy meros agentligi va uning shahar boshqarmasi mas’ullari tomonidan o‘rganilib, birlamchi ma’lumotlar taqdim etildi.

“Fuqaroning murojaatiga asosan yangi uydan topilgan tarixiy kitoblar ustida atroflicha o‘rganish ishlari olib borildi. Tekshiruvlar natijasida tarixiy ashyolar eski o‘zbek yozuvidagi qo‘lyozma va toshbosma kitoblar ekanligi aniqlandi. Ularning ichida she’riy to‘plamlar, badiiy va ilmiy-ommabop kitoblar ham borligi ma’lum bo‘ldi”, deyiladi agentlik xabarida.

Shuningdek, agentlik mazkur kitoblar ustida batafsil o‘rganish ishlari yakuniga yetgach, qo‘shimcha ma’lumotlar ham taqdim etilishini aytib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, topilgan kitoblar fuqaroning shaxsiy mulki hisoblanib, topilmalarni davlatga topshirishi yoki sotib yuborishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

qadimiy kitoblar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar