Toshkentdagi xonadonda yong‘in chiqdi

Jamiyat

image

Bugun, 20 avgust kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Oqsaroy ko‘chasida joylashgan xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in haqida soat 14:59 da xabar kelib tushgan. Qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, yong‘inni soat 15:14 da qurshab olgan va 15:28 da to‘liq bartaraf etgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar qayd etilmagan. Yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanidagi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasida Lacetti va Foton rusumli avtomobillar yonib ketgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing