Toshkentdagi Keles yo‘li qisman yopiladi
Jamiyat
−
03 yanvar 2023 6461 1 daqiqa
Toshkent shahridagi Keles yo‘li ko‘chasining bir qismi yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.
Joriy yilning 4 yanvaridan Keles yo‘li ko‘chasining Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘prigidan Moyariq ko‘chasigacha bo‘lgan oralig‘i avtotransport vositalari harakati to‘xtatilmagan holda qisman yopiladi. Bunga yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilishi sabab bo‘lgan.

“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr