Toshkentdagi qurilishi tugallanmagan binoda yong‘in chiqdi

Jamiyat

image

Bugun, 5 avgust kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi qurilishi tugallanmagan binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 18:23 da Chilonzor tumani Seul ko‘chasida joylashgan 12 qavatga mo‘ljallangan qurilishi tugallanmagan binoda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shu sababli soat 18:28 da 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta avtonarvon voqea joyiga yetib borgan. Alanga soat 18:44 da o‘chirilgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida 2-qavatning 140 kv metr maydonidagi qurilish mahsulotlari yonib, zararlangan. Tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

“Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Shuningdek, hodisa joyiga FVB rahbariyati, IIB va SSB xodimlari yetib borgan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing