Toshkentdagi qurilishi bitmagan binoda yong‘in chiqdi (video)

3-sahifa

image

Poytaxt Toshkentda joylashgan qurilishi bitmagan ko‘p qavatli binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Keltirilishicha, bugun, 17 iyun kuni soat 02:25 da Shayxontohur tumani “Shayxontohur” MFY Labzak ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan binoda yong‘in yuzaga kelgan. Uni o‘chirish uchun 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan.

Yong‘in soat 02:47 da qurshab olinib, soat 03:25 da batamom o‘chirilgan. Yong‘indan binoning 250 m kv maydoni saqlab qolingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inning taxminiy sababi elektr simlarida qisqa tutashuv bo‘lgan. Shuningdek, yong‘indan jabrlanganlar qayd etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 iyun kuni Andijonda bir-biriga tutash uchta uy yonib ketgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing