Toshkentdagi qaysi ko‘chalarda pullik “parkovka” qurilishi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
18 fevral 2022
3698Joriy yilda Toshkent markazidagi 10 ta ko‘chada pullik avtoturargohlar quriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.
Qarorga ko‘ra, joriy yilda Toshkent shahrining 10 ta ko‘chasida, xususan, Fidokor, Amir Temur, Nukus, Bratislava, Mirobod, Glinka, Avliyoota, Shevchenko, Said Baraka, Moshtabib va Yakub Kolas ko‘chalarida pullik to‘xtash joylari tashkil etiladi.
Shuningdek, Toshkent shahrining magistral ko‘chalari, jumladan, Keles yo‘li, Ahmad Donish, Bog‘ishamol, Buyuk ipak yo‘li, Maxtumquli, Farg‘ona yo‘li, Lutfiy, Beshqayrag‘och, Ko‘kcha darvoza va Beruniy ko‘chalaridagi 11 ta avtobus yo‘nalishida alohida bo‘laklari tashkil etiladi. Loyihalar 2022-2025 yillar davomida amalga oshiriladi.
Joriy yilning to‘rtinchi choragida Ahmad Donish ko‘chasida alohida yo‘lak ishga tushiriladi.
LiveBarchasi