Toshkentdagi qadimiy masjid buzilyaptimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan “Baland” masjidi hududida qurilish ishlari olib borilayotgani tufayli inshoot xavf ostida qolgani haqida xabar tarqaldi. Poytaxt hokimligi mazkur qurilish yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Shayxontohur tumanidagi masjidning tarixiy binosi saqlab qolingan holda, yangi bino bilan qamrab olinadi. Hokimlikka ko‘ra, bunday yondashuv – tarix va zamonaviylik uyg‘unligini yaratishda eng optimal yo‘l hisoblanadi.

“Tarixiy bino “konservatsiya” qilinadi, lekin shu bilan birga, o‘zining birlamchi vazifasini saqlab qoladi va namoz o‘qish joyi sifatida xizmat qilishni davom ettiradi. Unda tahoratxonalar, xodimlar uchun oshxona va boshqa zamonaviy sharoitlar yaratiladi”, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, masjid hozirgi kunga qadar 50 nafarga yaqin namozxonni sig‘dira olgan bo‘lsa, qurilish yakunlanganidan so‘ng unda bir vaqtning o‘zida 450 nafardan ortiq kishi ibodat qilishi mumkin bo‘ladi. 

“Kelgusida uni tarixiy ahamiyatga ega boshqa diniy ob’ektlarda ham qo‘llash rejalashtirilgan”, deya qo‘shimcha qilinadi hokimlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent qurilish masjid Shayxontohur konservatsiya Baland masjidi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing