Toshkentdagi KHAYning bir qismi 1 oyga yopildi
Jamiyat
−
06 noyabr
2578Toshkent shahri Yashnobod tumanida Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi joriy yilning 5 noyabridan 5 dekabrigacha barcha harakat ishtirokchilari uchun yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tumanda yo‘l qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu sababli KHAYning Maxtumquli ko‘chasi bilan kesishmasidagi yondosh yo‘l qismi xizmat ko‘rsatmaydi.
Hokimlik noqulaylik uchun uzr so‘radi va muqobil yo‘llardan foydalanishni tavsiya qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasi modernizatsiya ishlari amalga oshirilishi sababli 2 oyga yopilgandi. Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasi 7/24 ko‘chaga aylantirilmoqda. Bundan tashqari, ko‘chaning infratuzilmasi ham o‘zgarib, aholiga, yo‘lovchilarga va shaharsozlik normalariga moslashtirilmoqda. Shu munosabat bilan joriy yilning 18 oktyabr soat 14:00 dan 20 dekabrga qadar “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasining Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishmasidan, Istiqlol ko‘chasiga qadar qismi vaqtincha avtoulovlar harakati uchun yopilgan.
LiveBarchasi