Toshkentdagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in chiqdi
3-sahifa
−
21 Sentabr
4011Kecha, 20 sentyabr kuni Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 21:43 da Toshkent viloyati FVB Tezkor boshqaruv markaziga Yuqori Chirchiq tumani “Navro‘z” mahallasi hududida joylashgan ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.
Ma’lum bo‘lishicha, aytilgan manzilga yong‘in o‘chirish bo‘linmalari soat 21:48 da yetib borib, alanga 22:40 da qurshab olingan. Natijada yong‘in soat 23:56 da to‘liq bartaraf etilgan.
Sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etishga jami 8 ta texnika va 50 nafarga yaqin shaxsiy tarkib jalb etilgan.
Yong‘in oqibatida korxonaning 150 kvadrat metr maydoni zararlanib, amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida 600 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.
“Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi xonadonlarning birida yong‘in chiqqandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr