Toshkentdagi ikki ko‘cha ikki kunga yopildi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi ikki ko‘cha ikki kunga qisman yopildi. Bu haqda poytaxt hokimligi ma’lum qildi. 

Toshkent shahrida yog‘ingarchiliklar oqibatida hududlarda suv to‘planib qolishining oldini olish maqsadida drenaj tizimlarini reja asosida yangilash va ta’mirlash ko‘zda tutilgan.

Shu ishlar doirasida, poytaxtning Binkat ko‘chasi to‘liq, Rixsiliy ko‘chasi 2024 yil 12 yanvar soat 10:00 dan 14 yanvar 21:00 gacha qisman yopildi.

Harakat Rixsiliy ko‘chasida yo‘lning bir tomonidan har ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi.

“Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan holda, haydovchilarga shu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent ko'cha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing