Toshkentdagi “dom”lardan birida yong‘in chiqdi
3-sahifa
−
12 mart 3531 1 daqiqa
Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi xonadonlardan birida yong‘in chiqdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 12 mart kuni soat 17:42 da Toshkent shahar Yakkasaroy tumani, Qushbegi dahasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning biridagi xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 17:48 da yetib borib, yong‘in soat 17:57 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyati Navoiy shahri Navoiy ko‘chasida joylashgan “Navoiy azot” aksiyadorlik jamiyatining 25-sexi laboratoriyasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan edi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr