Toshkentdagi “dom”da yong‘in chiqdi. 20 kishi evakuatsiya qilindi

Jamiyat

−

image

Poytaxt Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in chiqdi, 20 kishi evakuatsiya qilindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, voqea kecha, 6 avgust kuni Mirzo Ulug‘bek tumani “Beshkapa” mahallasi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan. Soat 18:59 da yong‘in to‘g‘risida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Chaqiruvga ko‘ra, ushbu manzilga soat 19:06 da yetib borilib, soat 19:25 da o‘chirilgan.

Yong‘inni bartaraf etishga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 1 ta avtonarvon va 1 ta yong‘in-qutqaruv otryadi bo‘linmasi jalb etilgan.

Yong‘in oqibatida 15 kvadrat metr maydonda uy-jihozlari  yonib zararlangan. 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘qligi aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing