Toshkentdagi “dom”da yong‘in chiqdi
3-sahifa
−
20:15 1359 1 daqiqa
Bugun, 3 fevral kuni soat 15:08 da Yashnobod tumanidagi ko‘p qavatli ulardan birida yong‘in chiqdi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bo‘tkina ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uy xonadonlarining birida yong‘in sodir bo‘lgani haqidagi xabarga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 15:21 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:30 da qurshab olingan va soat 15:34 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida taxminan 10-15 kvadrat metr xonadon uy-jihozlari yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Jannatobod”dagi bozorda yirik yong‘in yuz bergan edi.
Live
Barchasi