Toshkentdagi daraxtkushlik yuzasidan jinoyat ishi ochildi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani, Kamolot mahallasi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi daraxtlar kesib tashlandi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirining maslahatchisi Rasul Kusherboyev ma’lum qildi.

Uning aytishicha, daraxtlarning kesilishi bilan bog‘liq holat Tabiat resurslari vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘rganilgan.

“Modern Techno” MCHJga qarashli hududda mavjud 100 ta daraxtning 35 tasi noqonuniy ravishda yo‘q qilingan. Dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra, yetkazilgan zarar miqdori 192 mln so‘m”, degan Kusherboyev.

Kusherboyev, shuningdek, hujjatlar prokuraturaga taqdim etilgani, holat yuzasidan jinoyat ishi ochilganini qo‘shimcha qildi.

“Prezidentning tegishli farmoniga asosan, noqonuniy kesilgan har bir daraxt va buta uchun kompensatsiya tarzida qimmatliligi jihatdan kesilgan daraxt va butalardan kam bo‘lmagan, yirik o‘lchamli qo‘shimcha 100 tup ko‘chat ekish hamda ularni uch yil davomida parvarish qilish bo‘yicha majburiyatlar yuklatiladi”, degan maslahatchi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatida 83 tup daraxt kesib tashlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing