Toshkentdagi chorrahada issiq suv favvorasi paydo bo‘ldi (video)

Jamiyat

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Taras Shevchenko va Said Baraka ko‘chalari chorrahalarida issiq suv quvuri yorilishi oqibatida, suv fontan bo‘lib otilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Mazkur holatga Mirobod tumani hokimligi axborot xizmati izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida issiqlik tarmoqlarini gidravlik sinovdan o‘tkazish ishlari davom etmoqda. Ishlar issiq suv ta’minotini o‘chirmasdan amalga oshirilmoqda. Quvurning shikastlanishi esa ushbu sinovlar davomida yuz bergan.

"Ayni paytda ushbu muammo bartaraf etilganini ma’lum qilamiz. Haydovchilar, piyodalar hamda ma’muriy va turar-joy binolaridagi yurtdoshlarimizdan e’tiborli va ehtiyot bo‘lishlarini so‘ragan holda nosozliklar aniqlangan taqdirda (78) 129-01-85 telefon raqami orqali ma’lum qilishingizni so‘raymiz", deyiladi munosabatda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Mirobod suv quvuri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing